
Harbiylar, adliyachilar va ichki ishlar xodimlari ham mukofotlandi (ro‘yxat)
24.08.2025 | 21:30440913
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Farmonda Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh xodimlarni orden va medallar bilan mukofotlash nazarda tutilgan.
Mukofotlanganlar ro‘yxati:
I darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan
Qodirov G‘ayrat Toirovich — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
«Mardlik» ordeni bilan
Qurbonov Dostonbek Zafarjon o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
Ismoilov Abduvoxid Salomovich — Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Tursunov Ikromjon Normurodovich — Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Yusupov Sanjar Abdukarimovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarmasi boshlig‘i
«Do‘stlik» ordeni bilan
Ahmedjonov Timur Fatixovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bo‘lim boshlig‘i
Gordiyenko Oksana Mixaylovna — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori
Toshqulov Akbar Jo‘raboyevich — O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
Fozilov Botir Naimovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarma boshlig‘i
«Jasorat» medali bilan
Bo‘ronov Jasurbek Botir o‘g‘li — Surxondaryo viloyati «Ayritom» chegara bojxona posti katta inspektori
Davronov Lazizbek Raxmonovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz guruh komandiri-yo‘riqchi
Jalilov Rasul Abdug‘aniyevich — Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Bekobod shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi
Ismaylov Jenisbay Aminbayevich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism seksiya mutaxassisi
Mirzaahmedov Akmal Nasriddinovich (marhum) — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi
Ne’matov Jasur Rustamovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri
Siddiqova Mohigul Mahmudovna — Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi patrul-post xizmati inspektori
Yoqubov Sobitjon Mo‘minjon o‘g‘li — Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Abdurahmonov Hasanboy Alisherovich — Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Norin tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi smena boshlig‘i
Boboyev Akmal Abdukarimovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi o‘quv markazi boshlig‘i
Baynova Yamilya Salimyanovna — Xorazm viloyati Davlat arxivi bosh arxivchisi
Botirov Nodir Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati bo‘lim bosh serjanti yordamchisi
Ziyotov Asomiddin Xolmo‘minovich — Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
Qoryog‘diyev Laziz Norqulovich — Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
Mirzarahimov Shavkatjon Jo‘ldoshovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari
Muhammadiyev Sherali Safarovich — Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti
Nosirov Abduxalil Rustamovich — Buxoro viloyati Jondor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
Sabirov Ajibay Maxametsaliyevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i
Sulaymonov O‘lmas Nazarovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar bo‘limi boshlig‘i
Tojiyev Ibrohim Isoqovich — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
Tleubayev Allayar Baxtiyarovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bosh serjanti
Usanov Otabek Eshqobulovich — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani prokurori
Xalilov Umar Muhammadovich — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus boshqarmasi guruh yo‘riqchi-qutqaruvchisi
Shodiyev Erkin Samiyevich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
Ermatov Bunyodjon Sirojiddinovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism mutaxassisi
Yo‘ldoshev Jonibek Zaripboyevich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh yo‘riqchi-serjanti
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Xudoynazarov Mansurbek Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy gospitali boshlig‘i
«Shuhrat» medali bilan
Aliyev Mirazim Akmalovich — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi bo‘lim boshlig‘i
Ataxanov Dastan Qadirbayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi yo‘riqchi-qutqaruvchisi
Ashirmatova Barno Soataliyevna — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarmasi katta ofitseri
Mavlonov Mardon Abduxamid o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi
Mansurova Zulfiya Saidmurodovna — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi
Murzayev Rustam Komilovich — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi boshlig‘i o‘rinbosari
Murodov Zoir Zokirovich — Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi G‘ijduvon tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
Norjigitov O‘tkir Arziqulovich — Toshkent viloyati Chinoz tumani ichki ishlar bo‘limi katta tergovchisi
Nurjanov Ziyodbek Erkinovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri
Rustamov Sardorbek Ahmadjonovich — Andijon viloyati Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
Rustamov Tursunboy Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi boshlig‘i
Suvonov Alisher Karimovich — Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchi-yong‘in o‘chiruvchisi
Hazratqulov Zahriddin Sobirjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i
Haydarov Muzaffar Raxmonaliyevich — Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
Xudoyberdiyeva Rohila Ahmadovna — Navoiy viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi
Xudoyberdiyev Bahodir Abdurayimovich — Surxondaryo viloyati Angor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori





