add

Hasanboy Do‘smatov 7-g‘alabacini qo‘lga kiritdi

21.07.2025 | 13:304853

Ikki karra Olimpiya chempioni Xasanboy Dusmatov professional boksdagi 7-jangini ham g‘alaba bilan yakunladi. U Qirg‘izistonda filippinlik raqibni 8 raundlik jangda mag‘lub etdi.

Hasanboy Do‘smatov 7-g‘alabacini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan ikki karra Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov professional ringdagi 7-jangini g‘alaba bilan yakunladi. Uning navbatdagi raqibi filippinlik boksyor Mark Antonio bo‘ldi. Jang Qirg‘iziston Respublikasida tashkil etildi va to‘liq 8 raund davom etdi. Jang yakunida hakamlar bir ovozdan g‘alabani o‘zbekistonlik sportchiga berdilar. Bu natija Do‘smatovning professional boksdagi g‘alabalar sonini yettiga yetkazdi. Dusmatov uchun bu jang uning ustuvor formasini namoyon etdi, chunki u yana bir bor raqibini to‘liq nazorat ostida ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi. Olimpiya chempioni sifatida u o‘z karerasini jiddiy maqsadlar bilan davom ettirmoqda. Bu g‘alaba orqali u xalqaro reytingdagi o‘rnini mustahkamlab, katta janglarga tayyor ekanini yana bir bor isbotladi. Uning murabbiylari va sport jamoasi bu natijani kelgusidagi chempionlik jangi uchun muhim qadam deb hisoblashmoqda. Hasanboy Do‘smatov professional boksda hali mag‘lubiyatga uchramagan. Uning ringdagi har bir chiqishi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib borilayapti.

Teglar

Mavzuga oid