add

Hindistonda Londonga yo‘l olgan Drimlayner halokatga uchradi

12.06.2025 | 14:255303

Air India aviakompaniyasiga tegishli Boeing 787 Dreamliner Gujarat shtatining Ahmadobod shahridan Londonga uchib ketar ekan, halokatga uchradi. Uchoq sahnida 242 kishi bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Hindistonda Londonga yo‘l olgan Drimlayner halokatga uchradi
12 iyun kuni Hindistonning Gujarat shtati Ahmadobod shahrida Air India aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner samolyoti halokatga uchradi. Samolyot Londonning Getvik aeroportiga uchish uchun havoga ko‘tarilganidan so‘ng qisqa vaqt ichida qulab tushgan. Bu haqda India TV telekanali va mahalliy OAVlar xabar bermoqda. Bortda jami 242 nafar yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda. Hozircha halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida aniq ma’lumot berilmagan. Voqea joyidan tarqalgan videolavhalarda aeroport hududidan ko‘tarilayotgan qora tutun yaqqol ko‘rinib turibdi. Ayrim manbalar esa halokatdan omon qolganlar ham borligini aytishmoqda. Air India rasmiy bayonotida, mazkur reys AI171 «insidentga uchragani» ma’lum qilindi va qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishini bildirishdi. Hozirda qutqaruv va tergov ishlari olib borilmoqda. Rasmiylar samolyot sahnida 242 kishi, jumladan 2 nafar uchuvchi va 10 nafar bort kuzatuvchilari bo‘lganini tasdiqlashdi. Bu halokat AQSHning Boeing kompaniyasi atrofidagi tanqidlar va texnik muammolarga to‘la davrida sodir bo‘ldi. Ilgari FAA — AQSH Federal aviatsiya ma’muriyati, ayrim Boeing samolyotlarini tekshirish uchun vaqtincha parvozlardan chetlatgan edi. Shuningdek, Boeing kompaniyasi 2018 va 2019 yillarda sodir bo‘lgan MAX aviakatastrofalaridan so‘ng AQSH Adliya vazirligi bilan milliard dollarlik kelishuvga imzo chekkan. Hujjatda kompaniya sifat nazoratini lozim darajada ta’minlamagani qayd etilgan. Qayd etib o‘tish kerak, ushbu aviahalokat Boeing 787 Dreamliner samolyotlari bilan yuz bergan ilk aviahalokat hisoblanadi.    

Teglar

Mavzuga oid