add

Hindistonda millionlab odamlar uran bilan ifloslangan suv ichmoqda

30.06.2025 | 12:2037173

Hindistonning Karnataka shtatida yer osti suvlari xavfli darajada uran bilan ifloslangani aniqlandi. Ushbu suvni uzoq muddat iste’mol qilish inson sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Hindistonda millionlab odamlar uran bilan ifloslangan suv ichmoqda
Hindistonning Karnataka shtatida o‘n millionlab aholi uran bilan ifloslangan yer osti suvlarini ichishda davom etmoqda. AQSHning Kolumbiya universiteti olimlari olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu suvlar inson salomatligi uchun katta tahdid sanaladi. Environmental Science & Technology jurnalida chop etilgan tadqiqotda ma’lum qilinishicha, o‘rganilgan suv namunasida uran miqdori 78 foiz holatda me’yordan yuqori bo‘lgan. Ayrim joylarda bu ko‘rsatkich me’yordan 75 barobar oshib ketgan. Olimlar zamonaviy izotop tahlillari orqali uranning yer osti suvlarida qanday harakatlanishini o‘rganishdi. Uran oksidlovchi muhitda tez erishi va suv bilan birga tarqalishi aniqlandi. Ammo tiklovchi muhitda uran qattiq birikmalar hosil qilib, suv tubiga cho‘kib qoladi. Tadqiqot muallifi Arijit Mitra bu natijalarning ahamiyatini ta’kidlab, uranning suvdagi harakati tushunarli bo‘lishi millionlab odamlarning sog‘lig‘ini himoya qilishda muhim ekanini bildirdi. Muttaxassislar uzoq muddat uran bilan ifloslangan suvni iste’mol qilish buyrak, jigar va suyak tizimiga katta zarar yetkazishini aytishmoqda. Karnataka shtatida bu xavf taxminan 25 million kishiga tahdid solmoqda. Olimlar muammoni bartaraf etish uchun yangi chuqur quduqlarni qazishda geologik sharoitlarni hisobga olish, suvni doimiy nazorat qilish va mahalliy tozalash tizimlarini joriy etishni taklif qilishmoqda. Bu usullar faqat Hindiston uchun emas, balki shunga o‘xshash muammolar mavjud bo‘lgan boshqa mintaqalar uchun ham dolzarb hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid