add

Hokim o‘rinbosari topshirig‘i moratoriydan ustunmi?

27.10.2025 | 22:036881

Yakkasaroyda kesilgan daraxtlar: hokimlik uzr so‘radi lekin bu yetarli emas

Hokim o‘rinbosari topshirig‘i moratoriydan ustunmi?

O‘zbekistonda daraxt kesishga qarshi moratoriy – taqiq joriy qilingan. Har holda prezident farmonida shunday belgilangan. Lekin 25-oktyabr tunida Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida 150 tupga yaqin archa “vijdonsizlarcha”, moratoriy oyoqosti qilingan tarzda kesib tashlandi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, daraxtlar Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonovning topshirig‘iga asosan obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tungi vaqtda kesib tashlangan. Shuningdek, holatni to‘xtatishga uringan ekologiya inspektoriga kuch ishlatilib, uning telefon apparati olib qo‘yilgan.

Quyida Vaqt.uz muxbirining voqea joyidan olib borgan o‘rganishi hamda mutaxassis va mas’ullar bilan suhbatini tomosha qilishingiz mumkin.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 4

Barchasi

Mavzuga oid