add

Hokim o‘rinbosarlari obodonlashtirish boshqarmalariga rahbar bo‘ladi

2026 yildan O‘zbekistonda hokim yordamchilari obodonlashtirish boshqarmalariga rahbarlik qiladi, mahalliy hokimiyatlarning moliyaviy va tashkiliy vakolatlarini kengaytirib, obodonlashtirish ishlarini yagona boshqaruvga o‘tkazadi.

Hokim o‘rinbosarlari obodonlashtirish boshqarmalariga rahbar bo‘ladi

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari kengaytirilib, ularning moliyaviy mustaqilligini oshirishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Eng muhim o‘zgarishlardan biri obodonlashtirish tizimida boshqaruvni qayta tashkil etish bilan bog‘liq.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1-yanvardan boshlab tuman va shahar hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida obodonlashtirish boshqarmalari rahbari hisoblanadi. Bu orqali sohada qaror qabul qilish tezlashtirilishi va mas’uliyat aniq belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Hujjatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari uchun qator aniq vazifalar belgilangan. Jumladan:

2026-yil 1-martga qadar obodonlashtirish boshqarmalariga kamida 0,5 ga yer maydonlarini ajratgan holda issiqxonalar tashkil etish;

Kelasi yil 1-apreldan shahar obodonlashtirish boshqarmalariga biriktirilgan hududlarga ular tomonidan yetishtirilgan mavsumiy gul ko‘chatlari ekish choralarini ko‘rish;

2027-yildan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi obodonlashtirish boshqarmalarida joriy etish;

Bir oy muddatda boshqarmalarga biriktirilgan hududlardagi avtoturargohlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish;

2026-yil 1-aprelga qadar barcha avtoturargohlarga avtomototransport vositalarining kirish-chiqishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatish nazarda tutilgan.

Moliyaviy jihatdan esa, 2026 yil 1-yanvardan mahalliy hokimiyatlar huzuridagi jamg‘armalar va mahalliy byudjetlarga bo‘sh mablag‘larni auksion orqali bank depozitlariga joylashtirib, qo‘shimcha daromad olishga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, tuman va shahar byudjetlari xarajatlarini qisqartirish taqiqlanadi.

Teglar

Mavzuga oid