add

Hollivud prodyuseri O‘zbekistonda: tarixiy shaharlardan taassurot va film loyihalari

21.06.2025 | 17:0041473

Emmi mukofoti sohibi, mashhur hollivudlik prodyuser Robert Mora O‘zbekistonga tashrif buyurib, Samarqand, Buxoro va Xivani ko‘zdan kechirdi. Tashqi ishlar vazirligi va Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda xorijiy suratga olish guruhlarini jalb qilish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Hollivud prodyuseri O‘zbekistonda: tarixiy shaharlardan taassurot va film loyihalari

O‘zbekistonda turizm va xalqaro imijni rivojlantirish doirasida Tashqi ishlar vazirligi hamda Turizm qo‘mitasi xorijiy kinoguruhlar uchun mamlakatni ochish bo‘yicha faol ishlar olib bormoqda. Shu sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekistonga ikki karra Emmi mukofoti sovrindori, Next Field International kompaniyasining ijrochi prodyuseri Robert Mora tashrif buyurdi.

Robert Mora Samarqand, Buxoro va Xivani ziyorat qilar ekan, Hollivud kinosanoatida ushbu shaharlar haqida deyarli hech kim bilmasligini ochiq aytdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston tarixiy, madaniy va vizual jihatdan ulkan salohiyatga ega va buni xalqaro ekranlarga olib chiqish zarur.

Tashrif doirasida Robert Mora O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov bilan uchrashdi. Uchrashuvda hujjatli va badiiy filmlar ishlash, shuningdek, bu jarayonga Hollivud studiyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishda aniq kelishuvlarga erishilgani ma’lum qilindi.

Ahror Burxanov ta’kidlaganidek, O‘zbekistonning boy tarixi, jahon sivilizatsiyasidagi o‘ziga xos o‘rni va bugungi kundagi jadal rivojlanishi xalqaro auditoriya uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. Robert Mora ham ushbu salohiyatdan samarali foydalanish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda xalqaro miqyosdagi filmlar suratga olinishi bo‘yicha rejalar belgilandi. Bu sa’y-harakatlar mamlakat brendini dunyoga tanitishda muhim qadam bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid