Logo

«Hozircha yo‘q, lekin ko‘ramiz»: Zelenskiy Qrimning qaytarilishi haqidagi savolga javob berdi

Bugun 09:001 daqiqa

Jurnalist undan «Qrim muzokaralar kun tartibiga qaytdimi yoki yo‘q?» deya so‘radi.

«Hozircha yo‘q, lekin ko‘ramiz»: Zelenskiy Qrimning qaytarilishi haqidagi savolga javob berdi © Videodan kadr

Ukraina prezidenti Voladimir Zelenskiy Qrimning Kiyev nazoratiga qaytishi masalasi hozircha tinchlik muzokaralari jarayonining bir qismi emasligini, biroq bu pozitsiya o‘zgarishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u «Fox News» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Muxbirning «Qrim muzokaralar kun tartibiga qaytdimi?» degan savoliga Ukraina rahbari: «Afsuski, yo‘q. Yoki hozircha yo‘q. Lekin ko‘ramiz», deya javob qaytargan.

Vashingtondagi uchrashuvlar va diplomatik yechim

Zelenskiy ushbu bayonotni Vashingtonda AQSH prezidenti Donald Tramp va senatorlar bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng berdi.

Amerika ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu safar davomida Zelenskiy Vashingtonni Ukraina urushda g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishontira olgan.

Avvalroq Zelenskiy Ukraina Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini yuridik jihatdan tan olmasligini, biroq yarimorolni amalda qaytarish masalasi faqat diplomatik yo‘l bilan va urushdan keyingi kelajakda hal qilinishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

Xususan, 2024 yilda Ukraina prezidenti: «Biz hozircha Putinni qurol bilan 1991 yilgi chegaralarga surib tashlash uchun yetarli kuchga ega emasligimizni tushunamiz», deya ta’kidlagan bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid