add

Ichki audit xizmati xodimlari faoliyati samaradorligining reytingi tuzildi

28.10.2025 | 19:003571

Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining joriy yil uchinchi chorak faoliyati samaradorligi reytingi tuzildi.

Ichki audit xizmati xodimlari faoliyati samaradorligining reytingi tuzildi

Davlat organlari va tashkilotlarining 228 nafar ichki audit xizmati xodimlaridan 129 nafari (57 foizi) «a’lo», 51 nafari (22 foizi) «yaxshi», 31 nafari (14 foizi) «qoniqarli» hamda 17 nafari (7 foizi) «qoniqarsiz» deb baholangan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning uchinchi chorak reyting ko‘rsatkichlari o‘tgan chorak natijalariga nisbatan yaxshilangan. Xususan, «a’lo» reyting ko‘rsatkichiga ega ichki audit xizmati xodimlari soni 91 nafardan 129 nafarga hamda «yaxshi» reyting ko‘rsatkichiga ega xodimlar soni 46 nafardan 51 nafarga ortgan. Shuningdek, «qoniqarsiz» reyting ko‘rsatkichiga ega ichki audit xizmati xodimlari soni 32 nafardan 17 nafarga kamayishiga erishilgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, ichki audit xizmati xodimlari faoliyatining samaradorligi amaldagi normativ hujjatga asosan oldi olingan moliyaviy xato va kamchiliklar, masofaviy audit natijalari, yillik rejaning bajarilishi hamda takliflarning ijro etilishi ko‘rsatkichlariga ko‘ra belgilanadi. Ya’ni, 56 foizgacha – «qoniqarsiz», 56 foizdan 71 foizgacha – «qoniqarli», 71 foizdan 86 foizgacha – «yaxshi», 86 foizdan yuqori – «a’lo» deya baholanadi.

Avvalroq maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari asosida oylik ustama to‘lanishi haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid