
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ishdan olindi
Bugun 18:1717761
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori va farmoyishi bilan ichki ishlar tizimida kadrlar o‘zgarishi bo‘ldi.

Prezidentining tegishli qarori bilan Bekmurod Abdullayev Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Shuningdek, prezidentining farmoyishi bilan Rustam Tursunov ham Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublikaning bir qator tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar berilgandi.





