add

Igor Sechin mustahamlanayotgan rubl va tariflardan shikoyat qildi

01.06.2025 | 13:3024295

«Rosneft» rahbari Igor Sechin kompaniya daromadlarining pasayishiga sabab sifatida dollar kursining tushishi va inflyatsiyadan yuqori o‘suvchi tariflarni ko‘rsatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu omillar eksport va moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sir qilmoqda.

Igor Sechin mustahamlanayotgan rubl va tariflardan shikoyat qildi
Rossiyaning eng yirik davlat neft kompaniyasi «Rosneft» rahbari Igor Sechin dollarning past kursi va yuqori tariflardan norozilik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, davlat kompaniyalari uchun daromadlarni kamaytirayotgan asosiy omillardan biri — rublning mustahkamlashuvi hisoblanadi. 2024 yil boshidan beri dollar 23 foizga arzonlashib, 78 rubl atrofiga tushdi. Sechinning aytishicha, Rossiyada kredit stavkalari va energiya narxlari inflyatsiya darajasidan ancha tez o‘smoqda. Masalan, 2024 yil iyulida elektr energiyasi narxi 9,1 foizga ko‘tarilgan, avgustda yana 11,6 foizlik indeksatsiya rejalashtirilgan. Shuningdek, «Transneft» neft quvurlari uchun tariflarni 9,9 foizga oshirgan. RJD esa neft mahsulotlarini tashish uchun 13,8 foizlik narx oshirishni amalga oshirgan. Kompaniya xarajatlarni qisqartirishga harakat qilmoqda, ammo bu tushayotgan daromadlar sur’atiga mos kelmayapti. 2025 yil I choragida «Rosneft»ning tushumi 2,28 trln rublni tashkil etdi — bu o‘tgan chorakdan 8,5 foizga va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga kam. Shu bilan birga, martdagi yillik inflyatsiya 10,3 foizni tashkil etgan. Sechinning fikricha, valyuta kursi ustidan nazorat MB qo‘lida bo‘lib, u davlat kompaniyalarining ish sharoiti va soliq yukini hisobga olmasdan qarorlar qabul qilmoqda. U buni eksportdan tushum kamayishi, valyuta almashinuvidagi yo‘qotishlar va neftning rubldagi bahosining pasayishi bilan izohladi. Iqtisodchilarning fikricha, rublning mustahkamligi yuqori asosiy stavka bilan bog‘liq. Bu ichki talabni pasaytiradi, importa bo‘lgan talabni qisqartiradi va rubl aktivlarini valyutaga nisbatan jozibador qiladi. Eksportchilar ham valyuta zaxiralarini sotib, rubl depozitlardan foyda ko‘rishga harakat qilmoqda. Ayni paytda, Sechin yuqori foiz stavkalari kompaniyaning sof foydasiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari bir yilda 1,8 barobarga oshgan. Endi Rossiya Markaziy banki yaqin orada asosiy stavkani pasaytirishi kutilmoqda. Chunki inflyatsiya sekinlashmoqda va iqtisodiyot sovish fazasiga o‘tmoqda. Biroq, tabiiy monopoliyalar tariflarining inflyatsiyadan yuqori sur’atda o‘sishi — faqat «Rosneft» emas, balki keng aholi qatlami uchun ham asosiy muammo bo‘lib qoladi. 2025 yil oxiri va 2026 yilda ularni yana indeksatsiya qilish rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid