add

IIV jurnalistlar nega IIBga olib ketilganini aytdi

23.10.2025 | 19:4018801

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovga ko‘ra, voqea joyida janjal kelib chiqqan.

IIV jurnalistlar nega IIBga olib ketilganini aytdi

Avvalroq, Taftish.uz internet nashri jurnalistlari va video operatori fuqarolar murojaatini o‘rganishga borganda IIO FMBga olib ketilgani haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, bugun, 23 oktyabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabul jarayonida internet nashri vakillari va sayyor qabulga kelgan boshqa fuqarolar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Holat yuzasidan fuqarolar tomonidan 102 qisqa raqamiga tushgan murojaat bo‘yicha voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida, janjal ishtirokchilarining barchasini IIBga olib kelib, suhbat o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.

G‘iyosovning ta’kidlashicha, ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlari jamiyatda ikki sub’ekt o‘rtasida kelib chiqqan nizoli vaziyatga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy jarayon hisoblanib, OAVlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik kabi vajlarga umuman aloqasi yo‘q.

«Taftish.uz kanali ma’murlaridan «jurnalistlarga suiqasd», «zo‘ravonlik ishlatilgan», «asossiz ravishda olib ketilgan», «texnikasining bir qismi sindirilgan» kabi jamoatchilikni chalg‘ituvchi ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz», - degan G‘iyosov.

Teglar

Mavzuga oid

IIV jurnalistlar nega IIBga olib ketilganini aytdi | Vaqt.uz