add

Ijod maktablari faoliyatining yangi tartibi tasdiqlandi

Bugun 20:18411 daqiqa

Hukumat qarori ijod maktablarining maqomi, ta’lim jarayoni va boshqaruvini aniq qoidalar asosida belgiladi.

Ijod maktablari faoliyatining yangi tartibi tasdiqlandi

Hukumatning 17-dekabrdagi 797-sonli qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yurituvchi ijod maktablari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat ijod maktablarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish va faoliyati ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.

Nizomga muvofiq, ijod maktablarida ta’lim-tarbiya jarayoni 7–11-sinflar doirasida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, davlat tomonidan belgilangan o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.

Sinflardagi o‘quvchilar soniga alohida talab qo‘yilgan. Xususan, bir sinfda 20 nafardan ortiq o‘quvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu ta’lim sifati va o‘quvchilar bilan individual ishlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

O‘quv haftasi, asosan, besh kundan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga, ijod maktabining Pedagogik kengashi qaroriga asosan, ta’lim jarayoni olti kunlik o‘quv haftasiga o‘tkazilishi ham mumkin. Bu qaror o‘quv rejalari va ta’lim yuklamalaridan kelib chiqib qabul qilinadi.

Ijod maktablarini tamomlagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beriladi. Bu hujjat bitiruvchilarga keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

O‘quvchilar keyingi sinfga o‘tish uchun Agentlik tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha yillik summativ baholashdan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim. Natijalarga ko‘ra, ijod maktabi direktori buyrug‘i bilan o‘quvchilar keyingi sinfga ko‘chiriladi.

Teglar

Mavzuga oid