add

Ijtimoiy tarmoqlarda blogerning ayollarni haqoratlagan audiosi tarqadi

15.07.2025 | 18:4535422

Surxondaryolik bloger Alimov Ayupxonga tegishli deb aytilayotgan audioyazuv ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda davlat xizmatidagi ayollar haqorat qilingan. Hozirda holat yuzasidan huquqiy tekshiruvlar olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda blogerning ayollarni haqoratlagan audiosi tarqadi
Audioda u Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchisi bo‘lgan ayollarni og‘ir haqorat so‘zlari bilan haqorat qilib, xotin-qizlarning ko‘pini nomusini toptaganini, ularning buzuq ekanini iddao qilib maqtangan. E’tiborlisi, bloger Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlarini boshladi. Audioyazuv fonoskopik ekspertizaga yuborilgan va hozirda uning haqiqiyligi o‘rganilmoqda. Rasmiy bayonotlarga ko‘ra, hozircha Alimov Ayupxonga nisbatan «ishonchli vakil» maqomi rasman berilmagan.

Teglar

Mavzuga oid