
Ilhom Aliyev: «Ozarboyjonga birinchi bo‘lib O‘zbekiston yordam ko‘rsatdi»
03.07.2025 | 21:459992
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, Qorabog‘ni qayta tiklash ishlarida birinchi bo‘lib amaliy yordam ko‘rsatgan davlat — O‘zbekiston bo‘lgan.

Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev jamoatchilikka qilgan murojaatida O‘zbekiston rahbariyatiga alohida minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qaorabog‘ni qayta tiklash jarayonida birinchi amaliy yordamni aynan O‘zbekiston ko‘rsatgan.
Aliyevga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dunyodagi birinchi rahbar sifatida Qorabog‘dagi qayta tiklash ishlarida tashabbus ko‘rsatgan. Hatto birinchi ijtimoiy-infratuzilma ob’ekti ham — Fuzuliy shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli o‘rta maktab — aynan O‘zbekiston tomonidan barpo etilgan. bugungi kunda ushbu maktabda o‘z yurtiga qaytgan bolalar tahsil olmoqda.
Shuningdek, Xonkendi shahrida O‘zbekiston investitsiya va texnologiyalari asosida tashkil etilgan tikuv fabrikasi faoliyat yuritmoqda. Bu korxonada hozirda 200 nafardan ortiq odam ish bilan ta’minlangan bo‘lib, kelgusida ishchi o‘rinlari soni yanada oshishi kutilmoqda.





