
Ilon Mask biznesiga va obro‘siga putur yetkazgan holda AQSH siyosiy sahnasidan ketdi
23.05.2025 | 15:0029213
Bir paytlar AQSHdagi eng ta’sirli shaxslardan biri deb qaralgan Ilon Mask endi hatto Tramp ma’muriyati uchun ham mavzudan chiqdi. DOGE bilan omadsiz tajriba va og‘riqli siyosiy xatolar uni siyosatdan uzoqlashtirdi, biznes faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Bir necha oy buyon Ilon Mask Amerika siyosiy sahnasida deyarli ko‘rinmay qoldi. Yaqinda Donald Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va hatto «asosiy norasmiy yetakchi» deb atab kelingan Mask endi na Oq uyda tilga olinadi, na Respublikachilar orasida jiddiy qabul qilinadi.
Uning siyosiy yurishi prezident Trampning saylovoldi kampaniyasiga millionlab dollarlik qo‘llab-quvvatlov bilan boshlangan edi. Mask Oq uydagi faoliyati davomida davlat xarajatlarini qisqartirish, xodimlarni ixtisoslashtirish kabi tashabbuslar bilan chiqdi, shu bilan birga hukumat a’zolarini ochiq tanqid qildi. Ayrim holatlarda o‘g‘li bilan Oval ofisga kelishi ham uning norasmiy ta’sirini namoyon etar edi.
Biroq, u qilgan bayonotlar va qabul qilgan qarorlar omma orasida shunchalik tanqid qilindiki, natijada uning shaxsiy brendi, biznes reputatsiyasi va DOGE kriptovalyutaga bog‘liq loyihalariga ham jiddiy zarar yetdi. Maskning so‘zlari respublikachilarning o‘zlarini ham bezovta qilgan va u faoliyat olib borayotgan kompaniyalarga siyosiy muhitda qo‘llab-quvvatlash o‘rniga jiddiy savollar tug‘ilgan.
Reuters ta’kidlashicha, hozirgi kunda Mask AQSHdagi siyosiy jarayonlarda deyarli ishtirok etmayapti va uning nomi hukumat rasmiylari tomonidan ham tilga olinmayapti. Bu esa siyosiy ta’sir kuchi keskin pasayganini ko‘rsatadi.





