add

Ilon Mask pedofillarga aloqadorlikda ayblagani uchun Trampdan uzr so‘radi

11.06.2025 | 17:3028434

Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Trampga qarshi yozgan ba’zi keskin bayonotlari uchun omma oldida uzr so‘radi. Uning aytishicha, Tramp haqidagi ayrim postlari me’yordan oshib ketgan.

Ilon Mask pedofillarga aloqadorlikda ayblagani uchun Trampdan uzr so‘radi
Mask bu haqda «X» ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, ammo aynan qaysi postlar nazarda tutilayotganini ochiqlamadi. Tramp va Mask o‘rtasidagi «yozishmalar jangi» 5 iyun kuni, Mask AQSHdagi soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini «rasvo va jirkanch» deb ataganidan so‘ng boshlangan. Tramp esa bu qonunni «katta va go‘zal» deb ta’riflagandi. Shundan so‘ng Mask Trampni pedofil Jeffri Epshteyn ishi bilan bog‘ladi. U Tramp bu ishda figurant sifatida qatnashgan, ammo bu haqdagi materiallar ochiqlanmayotgani shubhali, degan fikr bildirdi. Ammo uning bu posti tez orada o‘chirildi. Mask shuningdek, Tramp  saylovda uning ko‘magi bo‘lmasa g‘alaba qozona olmasligini ta’kidladi va impichment e’lon qilinib, uni vitse-prezident Jey Di Vens bilan almashtirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu gaplardan so‘ng Tramp uni «aqldan ozgan» deb atadi. New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Maskning postlarini uning narkotik moddalar qabul qilishi bilan bog‘ladi. Bunga javoban Mask bir necha yil oldin ruhiy tushkunlikka qarshi dori sifatida ketamin qabul qilganini tan oldi. Ammo Tramp u bilan shaxsan uchrashish taklifini rad etdi. U «Men Ilon haqida o‘ylamayman. Bechora bolaning muammolari bor», — dedi Tramp. Shu orada Mask demokratik partiyani moliyalashtirishni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Bu esa Tramp tomonidan tahdid bilan qarshi olindi. Uning ta’kidlashicha, agar Mask demokratlar uchun pul ajratsa, «javob berishga to‘g‘ri keladi». Mazkur mojaro Mask boyligiga ham ta’sir qildi — Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, uning holatidan so‘ng moliyaviy yo‘qotishlari 34 mlrd dollarni tashkil etdi. Biroq hozirgi kunda u yana avvalgi darajaga qaytdi — 369 mlrd dollar.

Teglar

Mavzuga oid