add

Ilon Mask va Donald Tramp o‘rtasida siyosiy va moliyaviy ziddiyat keskinlashdi

01.07.2025 | 15:3032584

Mask yangi partiya tuzish bilan tahdid qildi, Tramp esa uni subsidiyalardan mahrum etishni taklif etdi.

Ilon Mask va Donald Tramp o‘rtasida siyosiy va moliyaviy ziddiyat keskinlashdi
Ilon Mask AQSH Kongressi Tramp taklif qilgan soliq imtiyozlari haqidagi «Katta ajoyib qonun loyihasi»ni qabul qilsa, »Amerika partiyasi»ni tuzishini ma’lum qildi. Bunga javoban sobiq prezident Donald Tramp Maskni davlat subsidiyalaridan mahrum etish taklifini ilgari surdi. Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida: «Agar bu ahmoqona xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinsa, ertasi kuni Amerika partiyasi tuziladi (https://x.com/elonmusk/status/1939806847504105683)», deya yozdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat ikki partiyali tizimdan charchagan va xalqga haqiqiy tanlov kerak. Mask avvalroq yangi siyosiy harakat tuzish borasida so‘rovnoma o‘tkazgan bo‘lib, 5,6 million foydalanuvchining 80 foizdan ko‘p qismi ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat aholisining katta qismi siyosiy nuqtai nazardan chap yoki o‘ng qanotga emas, o‘rtaga yaqin turadi. Bu bayonotlardan so‘ng Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida Mask elektromobillarga berilgan subsidiyalar hisobiga katta yutuqlarga erishganini eslatdi. Uning fikricha, agar davlat yordami bo‘lmaganida, Mask biznesini yopib, Janubiy Afrikaga qaytishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi. Shuningdek, Tramp AQSH moliyaviy tejamkorlikni ta’minlash uchun raketa va elektromobillar loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish kerakligini aytdi. U Davlat samaradorligi departamenti (DOGE)ni Maskni subsidiyalardan mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi. Mask esa o‘z navbatida: «Men tom ma’noda HAMMASINI TO‘XTATISHNI so‘rayman. HOZIROQ», — deya keskin javob qaytardi.

Teglar

Mavzuga oid