add

Ilon Mask: «Yo Amerikada, yoki Marsda o‘laman»

01.10.2025 | 23:003262

Joriy yil mart oyida Mask o‘zining SpaceX kompaniyasi orqali 2026 yil oxirida Starship kemasi bilan Optimus gumanoid robotini Qizil sayyoraga yuborish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.

Ilon Mask: «Yo Amerikada, yoki Marsda o‘laman»

Amerikalik milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoqdagi chiqishida «Mening yagona pasportim — AQSHniki. Men shu yerda yoki Marsda (sayyoraning Amerikaga tegishli qismida) yashayman va o‘laman», deya bayonot berdi.

Maskning bu so‘zlari uning kosmik kompaniyasi SpaceX maqsadlari bilan uyg‘un. Uning ta’kidlashicha, asosiy yo‘nalish — odamlarni Marsga olib borish. Bu yo‘lda u Oyga ham parvozlarni tiklashi mumkin.

Shu bilan birga, avgust oyida Maskning otasi Errol bu rejalarni amalga oshirish sharoiti hozircha maqbul emasligini aytgan edi. NASA rahbariyati ham bu missiyada ko‘plab xavflar mavjudligini ta’kidlamoqda.

Mutaxassislar fikricha, astronavtlarni Marsga yuborish yaqin besh yil ichida amalga oshmaydi. Lekin Mask o‘z g‘oyasidan qaytmasdan, Marsni «keyingi uy» sifatida ko‘rishini yana bir bor tasdiqladi.

Teglar

Mavzuga oid