add

Inflyatsiya 8,7 foizga tushdi, ammo 105 ta tovar 10 foizga qimmatlashgan

22.07.2025 | 11:3042333

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil iyun holatida umumiy inflyatsiya 8,7 foizga tushgan. Biroq shunday sharoitda 105 turdagi tovar va xizmatlar narxi 10 foizdan ko‘proqqa o‘sgan. Ulardan atigi 12 tasi ochiq e’lon qilingan, qolgan 93 tasi nomi esa ma’lum qilinmagan. Bu bozor shaffofligiga shubha uyg‘otmoqda.

Inflyatsiya 8,7 foizga tushdi, ammo 105 ta tovar 10 foizga qimmatlashgan
O‘zbekiston Markaziy banki 2025 yil iyun oyiga oid inflyatsiya tahlili bilan bo‘lishdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda umumiy inflyatsiya darajasi 2022 yildagi 12,3 foizdan 2025 yil iyun holatida 8,7 foizga tushgan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi uch yildagi eng past darajalardan biri sanaladi. Shu bilan birga, inflyatsiyasi 10 foizdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar ulushi 2022 yilda 52 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda 21 foizgacha qisqargan. Lekin, 105 turdagi tovar va xizmat narxi rasmiy ravishda 10 foizdan ko‘proq qimmatlagani qayd etilgan bo‘lsa-da, ulardan faqat 12 tasi — 6 ta oziq-ovqat va 6 ta nooziq-ovqat nomi bilan e’lon qilingan. Qolgan 93 tasi sirligicha qolmoqda. Ochiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, eng ko‘p arzonlashgan mahsulotlar qatorida uzum (-52 foiz), bodring (-37,7 foiz) va qovoq (-29,5 foiz) bor. Eng ko‘p qimmatlashganlar orasida esa metan (+36,2 foiz), paxta moyi (+43,5 foiz) va vitaminlar (+12,5 foiz) ko‘zga tashlanadi. Iqtisodchi Otabek Bakirov xizmatlar inflyatsiyasi so‘nggi 18 oyda eng yuqori darajada bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ammo shuning o‘ziga qaramay, 10 foizdan ko‘proq qimmatlagan xizmatlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan, deydi. Shuningdek, Bakirov bozor shaffofligini ta’minlash va raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida, inflyatsiya yuzasidan har oylik hisobda barcha yuqori darajada o‘sgan tovar va xizmatlar nomi va indekslarini to‘liq e’lon qilish zarurligi qayd etdi.

Teglar

Mavzuga oid

Inflyatsiya 8,7 foizga tushdi, ammo 105 ta tovar 10 foizga qimmatlashgan | Vaqt.uz