Instagram Plus sinovdan o‘tkazilmoqda
«Instagram Plus» obunasi orqali yangi «Hikoyalar» funksiyalari va maxfiy ko‘rish imkoniyatlari sinovdan o‘tkazilmoqda

«Instagram» platformasi o‘zining «Instagram Plus» obuna xizmatini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda «TechCrunch» va «Engadget nashrlari ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi obuna xizmati hozircha ayrim davlatlarda, jumladan Meksika, Yaponiya va Filippinda sinovdan o‘tkazilmoqda. Narxlar hududlarga qarab farq qiladi: Meksikada 39 peso, Yaponiyada 319 iyena, Filippinda esa 65 peso atrofida belgilangan.
Xizmatning asosiy yangiliklaridan biri — «Hikoyalar»ni post muallifiga bildirmasdan tomosha qilish imkoniyatidir. Bu foydalanuvchilar uchun maxfiylikni oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, obunachilar o‘z «Hikoyalari»ni necha marta qayta ko‘rilganini kuzatishi mumkin. Bu esa kontent samaradorligini tahlil qilishda muhim vosita sifatida qaralmoqda.
Yangi auditoriyalar
«Instagram Plus» yana bir muhim imkoniyat — auditoriyalarni erkin shakllantirish funksiyasini ham taqdim etmoqda. Endi foydalanuvchilar «Yaqin do‘stlar» ro‘yxatidan tashqari, hikoyalar uchun cheksiz miqdorda auditoriya ro‘yxatlarini yaratishlari mumkin.
Bu orqali foydalanuvchi kontentni faqat hamma bilan yoki faqat bitta cheklangan guruh bilan ulashish imkoniyatiga ega bo‘lish o‘rniga obunachilarni turli ro‘yxatlarga guruhlash orqali har bir «Hikoya»ni kim ko‘rishini sozlashlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha funksiyalar
Yangi xizmat doirasida «Hikoyalar» muddatini yana 24 soatga uzaytirish imkoni ham mavjud. Shu bilan birga, foydalanuvchilar haftasiga bir marta «Story’ni ajratib ko‘rsatish» funksiyasidan foydalanib, uni ko‘proq auditoriyaga chiqara oladi.





