add

Instagram'da Prezidentni haqorat qilgan shaxs jazolandi

10.10.2025 | 11:3037793

Haqoratli izoh yozgan Ohangaronlik 18 yoshli yigit sud tomonidan aybdor deb topilib, ikki yil ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.

Instagram'da Prezidentni haqorat qilgan shaxs jazolandi
Toshkent viloyatining Ohangaran shahrida jinoyat ishlari bo‘yicha sud prezident haqida haqoratli fikr bildirgan 18 yoshli yigit B.O. ismli yigit ustidan ishni ko‘rib chiqdi. U o‘zining Instagram sahifasida birinchi va amaldagi prezident aks etgan surat ostida haqoratli izoh qoldirgani uchun javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida kompleks siyosiy va lingvistik ekspertiza o‘tkazilib, yozilgan izohda davlat rahbari sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, uni obro‘sizlantiruvchi iboralar mavjudligi aniqlangan. Mutaxassislar bu fikrni prezidentning sha’niga qarshi haqorat sifatida baholagan. Sud jarayonida ayblanuvchi aybini to‘liq tan olgan va «oqibatini o‘ylamay yozganini» ma’lum qilgan. Sud unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi — «Prezidentning sha’ni va qadr-qimmatini ommaviy haqorat qilish yoki unga to‘hmat yopish» bo‘yicha ayblov qo‘yib, ayblanuvchini ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilgan. Ushbu muddat mobaynida yashash joyini o‘zgartirish va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish huquqidan mahrum etildi. Sud ayblanuvchining yoshi va qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganini inobatga olgan holda jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida baholadi.

Teglar

Mavzuga oid