add

Investitsiya vositachilari uchun depozitar tartib tasdiqlandi

Bugun 14:35922 daqiqa

Adliya vazirligi tomonidan litsenziyasi to‘xtatilgan yoki bekor qilingan vositachilarda qimmatli qog‘ozlar harakati tartibini belgilovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Investitsiya vositachilari uchun depozitar tartib tasdiqlandi

O‘zbekistonda investitsiya vositachisi faoliyati to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan hollarda depozitar operatsiyalar bo‘yicha amalga oshiriladigan harakatlar tartibi rasman belgilab qo‘yildi.

18-dekabr kuni ro‘yxatdan o‘tgan hujjatga ko‘ra, investitsiya vositachisining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatilgan taqdirda, u depozitar operatsiyalarni amalga oshirishni darhol to‘xtatishi shart. Shu bilan birga, mazkur holat haqida ikki ish kuni ichida ommaviy axborot vositalari hamda fond birjasining rasmiy veb-sayti orqali e’lon berilishi lozim.

Agar investitsiya vositachisining litsenziyasi tugatilsa yoki bekor qilinsa, u deponentlarning hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarni shakllantiradi hamda faoliyati tugatilgani haqida deponentlarga rasmiy xabarnoma yuboradi. Bu orqali mijozlar o‘z qimmatli qog‘ozlari holati haqida to‘liq axborot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nizomga muvofiq, deponent xabarnomani olgan kundan boshlab bir hafta muddat ichida o‘z qimmatli qog‘ozlarini boshqa investitsiya vositachisiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berishi kerak. Ushbu muddat mobaynida deponentning faol harakati uning aktivlari ustidan nazoratni saqlab qolishga xizmat qiladi.

Agar deponent tomonidan belgilangan muddatda topshiriq taqdim etilmasa, investitsiya vositachisi qimmatli qog‘ozlarni avtomatik tarzda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi aksiyadorlik jamiyatiga o‘tkazadi. Bu mexanizm qimmatli qog‘ozlarning xavfsiz saqlanishini ta’minlashga qaratilgan.

Markaziy depozitariyga vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar deponent tanlagan yangi investitsiya vositachisiga bir kun ichida o‘tkazib beriladi.

Teglar

Mavzuga oid