add

iPhone 17 Apple’ni 4 trln dollar kapitalizatsiyaga olib chiqdi

29.10.2025 | 11:372102

Apple kapitalizatsiyasi tarixiy 4 trln dollarlik chegarani bosib o‘tdi. Bu natija iPhone 17 modeliga bo‘lgan yuqori talab bilan izohlanmoqda. Kompaniya endi iPhone 19 dan voz kechib, 2027 yildagi yubiley sabab iPhone 20’ni chiqarishga tayyorlanmoqda.

iPhone 17 Apple’ni 4 trln dollar kapitalizatsiyaga olib chiqdi

Apple korporatsiyasi bozordagi navbatdagi rekordini yangiladi — kompaniya kapitalizatsiyasi 4 trln dollarga yetdi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Bu ko‘rsatkich bilan Apple Nvidia va Microsoftdan keyin mazkur darajaga chiqqan dunyodagi uchinchi kompaniya bo‘ldi.

Savdo sessiyasida Apple aksiyalari 0,4 foizga qadar ko‘tarildi, ammo NASDAQ birjasi yopilish paytida 268,59 dollarga tushdi. Shu bilan birga, kompaniyaning umumiy qiymati 3,99 trln dollarni tashkil etdi. Bloomberg tahlilchilari bunday o‘sishni sentyabr oyida sotuvga chiqarilgan iPhone 17 modelining kutilmagan darajadagi ommaviy talab bilan izohlashmoqda.

Apple aksiyalari aprel oyida qayd etilgan eng past nuqtasidan buyon 56 foizga o‘sgan — bu kompaniya qiymatini taxminan 1,4 trln dollarga oshirdi. TradingView ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng katta kompaniyalar qiymati bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: Nvidia — 4,7 trln dollar, Microsoft — 4,6 trln dollar, Apple — 3,99 trln dollar, Alphabet — 3,24 trln dollar va Amazon — 2,42 trln dollar.

Shu bilan birga, Apple 2027 yilda iPhone 19 modelini chiqarmaslikni, balki yubiley munosabati bilan iPhone 20 nomli yangi avlodni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ETNews va TRT HABER Omdia tadqiqot markazining bosh tahlilchisi Heo Mu-yolning ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Apple yubiley yilida bir nechta yangi qurilmalarni taqdim etishni ko‘zlamoqda: 2027 yilning birinchi yarmida arzonroq iPhone 18e modeli, ikkinchi yarmida esa iPhone 20 seriyasi, ikkinchi avlod buklanuvchi iPhone hamda yangi iPhone Air modellari sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, kompaniyaning yubiley strategiyasi bozordagi raqobatni kuchaytiradi va Apple’ning premium segmentdagi yetakchiligini mustahkamlaydi.

Teglar

Mavzuga oid

iPhone 17 Apple’ni 4 trln dollar kapitalizatsiyaga olib chiqdi | Vaqt.uz