add

Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabul qilish boshlandi

10.07.2025 | 09:4544523

10 iyuldan boshlab aholi uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olishga arizalar qabul qilina boshlandi. Bu jarayon davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv portal orqali amalga oshiriladi.

Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabul qilish boshlandi
Subsidiyalar joriy yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida, oldin ajratilgan mablag‘larning foydalanilmagan qismi bo‘yicha taqdim etiladi. Arizalar 10 iyul soat 09:00 dan qabul qilina boshlangan. Ishtirokchi va uning yaqin qarindoshlari (arizada ko‘rsatilgan hollarda) uchun belgilangan daromad miqdori quyidagicha: hududlarda 3,1 mln so‘mdan 9,2 mln so‘mgacha, Toshkent shahrida esa 10,6 mln so‘mgacha bo‘lishi kerak. Ariza beruvchi kamida 30 ball to‘plashi talab etiladi, ijtimoiy himoyaga muhtojlar esa alohida tartibda baholanadi. Shuningdek, talabgor va uning turmush o‘rtog‘i nomida mamlakat bo‘ylab turar joy mulk huquqi asosida rasmiylashtirilmagan bo‘lishi lozim. Subsidiyalar orqali uy-joy olishdagi boshlang‘ich to‘lov va foizlarning bir qismi byudjet hisobidan qoplanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich to‘lov uchun 30 mln so‘m, kredit foizining Markaziy bank stavkasi ortig‘i bo‘yicha to‘lovlar qoplanishi belgilangan. Subsidiyalar birlamchi bozordan uy-joy xarid qilish uchun amal qiladi. Yagona portal orqali ariza topshirishda hech qanday hujjat talab etilmaydi — ma’lumotlar avtomatik shakllantiriladi. Joriy dastur doirasida 30 ming fuqaroga subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid