add

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan beriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, bu yilgi isitish mavsumida 1,1 milliondan ortiq oilaga moddiy yordam beriladi.

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan beriladi

O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi moddiy yordam dasturi amalga oshirilmoqda. Prezident qaroriga binoan, isitish mavsumi davomida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida yordam puli ajratiladi.

Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatga olingan oilalar soni 1,1 milliondan oshgan bo‘lib, ularning 822 mingtasi ijtimoiy reyestrda mavjud. Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tomonidan yana 290 mingdan ortiq oila qo‘shimcha ravishda aniqlangan.

Qo‘shimcha ro‘yxatga turli ijtimoiy holatdagi oilalar kiritilgan. Ular orasida boquvchisini yo‘qotganlar — 33,8 ming, nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar — 76,3 ming, og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashayotgan oilalar — 23,7 ming, hamda yolg‘iz keksalar — 7 ming nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar, bir uyda ushtadan ortiq oila yashaydiganlar, mehnat migratsiyasidagi boquvchisi bor yoki vaqtincha ishsiz aholi va faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar ham dastur doirasiga kiritilgan.

Ushbu dasturni moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 1,2 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yil 120 ming oilaning har biriga 270 ming so‘mdan yordam puli berilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan beriladi | Vaqt.uz