add

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam beriladi

11.09.2025 | 16:3035533

O‘zbekistonda 2025/2026 yilgi isitish mavsumida kam ta’minlangan oilalarga bir martalik moddiy yordam puli ajratiladi.

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam beriladi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil noyabr oyida ehtiyojmand aholiga 1 mln so‘mdan yordam puli to‘lab beriladi. Bu prezidentning shu yil aprelda qabul qilgan qarorida nazarda tutilgan. Moddiy yordam Ijtimoiy himoya yagona reyestri orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalarga, shuningdek, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolarga beriladi. Shu bilan birga, mahalla yettiligi tomonidan shakllantiriladigan qo‘shimcha ro‘yxat orqali ham ayrim toifadagi oilalar imtiyozdan foydalanishi mumkin. Qo‘shimcha ro‘yxatda boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslari yoki bolalari bor oilalar, gaz ta’minoti yoki markazlashgan isitish tizimi yo‘q ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotganlar, shuningdek, bir xonadonda 3 va undan ortiq oila birga yashovchi fuqarolar inobatga olinadi. Uzoq muddatli davolanishga muhtoj shaxslar va yolg‘iz keksalar ham yordam doirasiga kiritiladi. Ehtiyojmand oilalar 25 sentyabrga qadar mahalla yettiliga murojaat qilishi mumkin. Shu bilan birga, qo‘shimcha ro‘yxatdagi oilalar soni reyestrdagi oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi kerakligi belgilangan. 2024–2025 yilgi mavsumda kam ta’minlangan oilalarga 313,6 mlrd so‘m yordam ko‘rsatilgan edi. Joriy yilda esa umumiy 1,33 trln so‘m miqdorida kompensatsiya ajratilishi ko‘zda tutilgan. Avvalroq Deputatlar Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’riflari oshirilishini maqullashdi. Vaqt.uz muxbiri ta’riflar oshishi yuzasidan aholining fikrini o‘rgandi va poytaxtda yashovchilaarning ko‘p qismi noroziligini bildirgan.

Teglar

Mavzuga oid