add

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’molining ba’zaviy me’yori 5 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz iste’moliga tegishli bazaviy me’yor isitish mavsumida 500 kub metrga yetkaziladi.

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’molining ba’zaviy me’yori 5 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz iste’moliga tegishli bazaviy me’yor isitish mavsumida 5 barobarga oshirilib, 500 kub metrga yetkaziladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, noyabr–fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart–oktyabrda esa 100 kub metrgacha «bazaviy me’yor» amal qiladi.

Ma’lum qilinishicha, kuz-qish mavsumida tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lganligi sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr–fevral oylarida bir oylik 500 kub metrlik «bazaviy me’yor» amal qiladi.

Qayd etilishicha, Prezident qaroriga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi. Jumladan, elektr energiyasi uchun oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt/soatgacha kompensatsiya beriladi. Tabiiy gaz uchun esa qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

Ma’lumot uchun, ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi yil davomida har oyda berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident qaroriga binoan, isitish mavsumi davomida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida yordam puli ajratilishi haqida xabar qilgandik.

Teglar

Mavzuga oid