add

Islom davlatlari Isroilga talab qo‘ydi

25.08.2025 | 20:4046102

IHT ishtirokchi davlatlari Falastin Milliy Ma’muriyatiga barcha hududlar ustidan to‘liq nazoratni olish va G‘azoda blokadani bekor qilishni talab qildi.

Islom davlatlari Isroilga talab qo‘ydi
Ramallohda joylashgan Falastin milliy ma’muriyati (FMM) barcha Falastin hududlarini o‘z nazoratiga olishi va ularning xavfsizligini ta’minlashi lozim. Bu haqda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari bayonot berdi. Hujjat IHT rasmiy veb-saytida e’lon qilindi. «FMM Falastin hududlarini boshqarish masalalarida to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi va Falastin davlati chegaralari doirasida xavfsizlikni ta’minlashi shart», - deyiladi vazirlarning yakuniy deklaratsiyasida. Shuningdek, islom mamlakatlari Isroildan G‘azodagi barcha bosqinchiliqlarini to‘xtatishni va G‘azodan qamalni bekor qilishni talab etdi.

Teglar

Mavzuga oid