add

Ispan shahrida jamoat joylarida Ramazon va Qurbon hayitini nishonlash taqiqlandi

11.08.2025 | 19:401674

Ispaniyaning Jumilla shahrida jamoat binolarida, jumladan madaniyat uylari va sport zallarida islomiy bayramlarni, jumladan Iyd al-Fitr va Iyd al-Adha bayramlarini nishonlash taqiqlandi.

Ispan shahrida jamoat joylarida Ramazon va Qurbon hayitini nishonlash taqiqlandi
Ispaniyaning Mursia mintaqasidagi jumilla shahri mahalliy hokimiyati jamoat binolarida islomiy bayramlarni nishonlashni taqiqladi. Hokimiyat bu taqiqni mamlakatning asriy xristian qadriyatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilinganini bildirdi. Qarorni ilgari surgan siyosiy partiya Vox mazkur qarorni Ispaniyaning xristianlik ildizlariga qaytish sifatida baholab, uni “tarixiy” deb atadi. Shu bilan birga, hukumatdagi boshqa konservativ partiya, Partido Popular ham bu taklifni qo‘llab-quvvatladi. Vox partiyasi esa ilgari migratsiyani qat’iy nazorat qilish va islomga qarshi qat’iy siyosat olib borgan. Bu Ispaniya Konstitutsiyasiga zid deb baholanishi va sudda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Jumillada musulmonlar aholining 7,5 %ini tashkil qiladi va bu cheklov ularning asosiy diniy marosimlariga ta’sir qiladi. Qaror musulmon jamoatchiligi va inson huquqlari himoyachilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi. Ispaniya islomiy tashkilotlar federatsiyasi rahbari bu qarorni din erkinligini cheklovchi va diskriminatsiyaga asoslangan deb hisoblaydi. Amnesty International esa bunday qarorni “dinga qarata bulgan diskriminatsiya uchun xavfli pretsedent” deb baholadi va sud orqali bu qarorga qarshi chora ko‘rishni bildirdi. Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda Yevropada musulmonlarning diniy amallariga nisbatan cheklovlar ko‘paymoqda. Fransiyada hijob va abayaga qarshi qonunlar, Daniyada Qur’onni yoqishga oid voqealar, Belgiyada halol so‘yish amaliyotiga to‘siqlar — bularning barchasi siyosiy o‘ng qanot kuchlar tomonidan “milliy xavfsizlik” yoki “sekulyarlik” niqobi ostida amalga oshirilmoqda. Xumilya qarori ham shu tendensiyaning bir bo‘lagi sifatida ko‘rilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid