add

Ispaniyaga dengiz orqali bormoqchi bo‘lgan minglab muhojirlar halok bo‘ldi

Bugun 19:572 daqiqa

2025 yilda Ispaniyaga dengiz orqali borishga urinayotgan 3 mingdan ortiq migrant halok bo‘ldi

Ispaniyaga dengiz orqali bormoqchi bo‘lgan minglab muhojirlar halok bo‘ldi

2025 yil davomida dengiz orqali Ispaniya qirg‘oqlariga yetib borishga urinayotgan kamida 3 090 nafar migrant halok bo‘ldi. Bu haqda Caminando Fronteras nodavlat tashkilotining «Yashash huquqi monitoringi — 2025» nomli hisobotida qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar orasida 192 nafar ayol va 437 nafar voyaga yetmagan bola bor.

Hisobotda keltirilishicha, o‘lim holatlari soni 2024 yilga nisbatan ancha kamaygan bo‘lsa-da, dengiz orqali migratsiya xavfi saqlanib qolmoqda. Taqqoslash uchun, 2024 yilda ushbu yo‘nalishlarda 10 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan edi. Joriy yilda ko‘rsatkich pasayganiga qaramasdan, muammo dolzarbligicha qolmoqda.

Ayniqsa, Jazoir va Balear orollari o‘rtasidagi dengiz yo‘li eng xavfli hududlardan biri sifatida qayd etilgan. 2025 yilda jami 303 ta halokatli hodisa ro‘y bergan bo‘lib, shulardan 121 tasi Ibitsa va Formentera orollari atrofida sodir bo‘lgan.

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatga noqonuniy kirib kelgan migrantlar soni 2024 yilga nisbatan 40,4 foizga kamaygan. Kanar orollarida esa bu ko‘rsatkich 59,9 foizni tashkil etgan. Biroq aynan Kanar orollari yo‘nalishida 1 906 nafar inson halok bo‘lgani ushbu maskanning hanuz eng xavfli yo‘llardan biri ekanini ko‘rsatadi.

Shuningdek, ekspertlar G‘arbiy Afrika, xususan Gvineyadan ochilayotgan yangi dengiz yo‘nalishlari bo‘yicha xavotir bildirmoqda.

«Qutqaruv mexanizmlarining yetarli darajada ishlamasligi hamda chegara nazoratining uchinchi davlatlarga topshirilishi migratsiya yo‘lidagi odamlarning himoyasizligini yanada oshirmoqda», dedi Tadqiqot koordinatori Helena Maleno.

Teglar

Mavzuga oid