add

Isroil Eronga zarba berishni sakkiz oy davomida maxfiy tayyorlagan

13.06.2025 | 19:3234434

«Axios» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil Eron yadroviy va raketa ob’ektlariga zarba berish operatsiyasini sakkiz oy davomida tayyorlagan va unga AQSH rasman emas, amalda yordam bergan bo‘lishi mumkin.

Isroil Eronga zarba berishni sakkiz oy davomida maxfiy tayyorlagan
Amerikaning «Axios» nashri xabar berishicha, Isroil tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli harbiy zarba sakkiz oydan beri puxta tayyorlangan. Operatsiya 2024 yil 1 oktyabrda Eron tomonidan Isroil hududlariga qilingan raketali hujum ortidan boshlangan. Shu paytdan boshlab Isroil razvedkasi Eronning yadro quroli yaratishga yaqin ekani haqidagi ma’lumotlar asosida zarba rejasini ishlab chiqqan. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bevosita operatsiyani ishlab chiqish buyrug‘ini bergan. AQSH bu jarayonda rasman betaraflikni saqlagan bo‘lsa-da, «Axios» manbalarining ta’kidlashicha, Vashington Isroilga amalda yashirin «yashil chiroq» yoqqan. Bu orqali Eron rahbariyatiga zarba muqarrar emas, degan tasavvur uyg‘otilib, asosiy shaxslarni evakuatsiya qilmaslikka undalgan. Operatsiyada dronlar orqali mamlakat ichidagi ballistik raketalar va havo mudofaa tizimlarini ishdan chiqarish maqsad qilingan. Diversion harakatlar havodan beriladigan zarbalardek muhim bo‘lgan. Isroil operatsiyasi «Qo‘zg‘algan sher» deb nomlanib, «Hizbulloh»ga qarshi o‘tkazilgan mashhur «peyjer hujumi»dan ham ko‘lamliroq deyilayapti. «Reuters» ma’lumotlariga ko‘ra, Eron harbiy rahbariyati 20 nafardan ortiq yuqori lavozimli ofitserini yo‘qotgan. Ular orasida Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) bosh qo‘mondoni Hussayn Salomiy, Bosh shtab rahbari Mahmud Boqiriy va IIMKning harbiy-kosmik qo‘mondoni Ali Hojizoda ham bor. Idoralararo aloqalarning izdan chiqqani Eronning zaif harbiy javobi va Isroilga qarshi raketa hujumlari hozircha amalga oshirilmayotgani bilan izohlanmoqda. Shu bilan birga, Eron tomoni Natanzdagi asosiy yadro majmuasi jiddiy shikastlanmaganini bildirmoqda. Ammo ushbu ob’ektga qayta-qayta zarbalar berilayotgani aytilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid