add

Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda yana 50 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi

22.05.2025 | 22:3943633

Bugun Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qilgan havo va qurolli hujumlari oqibatida kamida 51 falastinlik halok bo‘ldi. Xalqaro hamjamiyat o‘rtasida jiddiy e’tirozlar ortib bormoqda.

Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda yana 50 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi
«Al-Jazeera» telekanali xabar berishicha, 22 may kuni Isroil harbiy kuchlari G‘azo sektorida bir necha hujumni amalga oshirgan. Tibbiy manbalarga ko‘ra, bu zarbalar natijasida kamida 51 kishi vafot etgan. Hujumlar asosan aholi zich joylashgan hududlarda sodir etilgani qayd etilmoqda. Shuningdek, Isroil armiyasi G‘arbiy Sohildagi Janiyn qochqinlar lagerida bo‘lgan xorijiy diplomatlarga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Bu holat xalqaro tashkilotlar va ayrim davlatlar tomonidan tanqid ostiga olindi. BMT Bosh kotibi matbuot xizmatiga ko‘ra, G‘azoga kirib kelayotgan cheklangan insonparvarlik yordami hali ham yetarli emas. Urushdan jabr ko‘rgan aholi uchun bu yordam faqat vaqtinchalik yengillik yaratishi mumkin, xolos. Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy urush boshlanganidan buyon 53 ming 655 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 121 ming 950 kishi jarohat olgan. Rasmiylar vayronalar ostida qolgan va bedarak yo‘qolgan minglab fuqarolar tufayli qurbonlar soni 61 ming 700 nafardan oshib ketganini ma’lum qilmoqda. Ko‘plab xalqaro tashkilotlar zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azoga keng ko‘lamli yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda yana 50 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi | Vaqt.uz