add

Isroil hukumati Greta Tunbergga nisbatan haqoratli munosabatta bo‘lgan — fransuz shifokori bayonoti

11.06.2025 | 18:0018773

Greta Tunberg ishtirok etgan gumanitar kema Isroil tomonidan to‘xtatilganidan so‘ng, fransiyalik shifokor Baptist Andre uning va boshqa yo‘lovchilarning haqoratli munosabatga uchraganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, agentlar yo‘lovchilarni qasddan uyqusiz qoldirib, masxara qilgan.

Isroil hukumati Greta Tunbergga nisbatan haqoratli munosabatta bo‘lgan — fransuz shifokori bayonoti
Andrening so‘zlariga ko‘ra, jismoniy zo‘ravonlik sodir etilmagan, biroq har gal kimdir uxlashga urinsa, chegarachilar musiqani baland qilib, raqsga tushgan. Shuningdek, kamidan ovqat va suvga yetishishda qiyinchiliklar kuzatilgan. Ushbu vaziyat, ayniqsa, shved iqlim faoli Tunbergga nisbatan yaqqol bo‘lgan. «Madleen» kemasi 2025 yil 1 iyun kuni Italiyadan G‘azoga insonparvar yordam yetkazish maqsadida yo‘lga chiqqan edi. Kema «Freedom Flotilla Coalition» harakati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Tunberg hamda yana 11 kishi bor edi. Isroil harbiy-dengiz kuchlari ushbu kemani dushanba kuni, G‘azo sohilidan 200 km uzoqda to‘xtatib, ekipaj a’zolarini hibsga oldi. Tunberg va Andre, shuningdek yana ikki yo‘lovchi, deportatsiya hujjatlarini imzolab, seshanba kuni vataniga qaytdi. Fransiyalik deputat Rima Hassan hamda boshqa ekipaj a’zolari esa hozirda Isroilda sud qarorini kutmoqda. Tunberg dushanba kuni yoyinlangan videomurojaatida o‘zlarini «qo‘lga olingan» va «harbiylar tomonidan olib ketilgan» deb baholagan. U Shvetsiya hukumatini Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bu safar tinch yo‘l bilan G‘azodagi blokadani qoralash va gumanitar inqirozga e’tibor qaratish maqsadini ko‘zlagan. Isroil hukumati esa bunday harakatni noqonuniy deb baholab, buni «reklama urinishi» va kemani «selfi-yaxta» deb atadi.

Teglar

Mavzuga oid