add

Isroil Kanada, Britaniya va Avstraliyaning Falastinni tan olishini rad etdi

21.09.2025 | 22:3048763

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliyaning Falastin davlatini tan olish haqidagi qarorlarini qattiq tanqid qildi. Tel-Aviv bu qadamni «terrorizmni mukofotlash» deb baholadi.

Isroil Kanada, Britaniya va Avstraliyaning Falastinni tan olishini rad etdi
Isroil TIV bayonotida qayd etilishicha, bunday siyosiy harakatlar Yaqin Sharqda tinchlik jarayonlariga xizmat qilmaydi. «Agar ushbu davlatlar rostdan vaziyatni barqarorlashtirishni istasa, ularning asosiy vazifasi HAMASga bosim o‘tkazish bo‘lishi kerak», — deyilgan bayonotda. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Falastinni tan olish «Holokostdan beri eng katta yahudiylar qirg‘ini uchun mukofot» sifatida talqin qilinishi va HAMASni yanada kuchaytirishi mumkin. Shu bilan birga, Isroilning milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va moliya vaziri Betsalel Smotrich G‘arbiy sohilni to‘liq anneksiya qilishga chaqirdi. Smotrich bu qarorni «yahudiy xalqi vatani bo‘lgan yerlarni qo‘shib olish vaqti keldi», deb ta’kidladi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa avvalroq Falastin davlatini tan olish Isroilning mavjudligiga tahdid solishi mumkinligini bildirdi. Netanyahu bir necha davlatlar tomonidan Falastinning tan olinishiga rasmiy javob kelgusi haftada berilishini ta’kidladi. U shuningdek, Falastin davlati «hech qachon tuzilmaydi», dedi. 22 sentyabr kuni Falastinni Fransiya doxil yana 7 ta davlat ham tan olishi kutilmoqda. bugungi kunga kelib, BMTning 193 a’zosidan 147 tasi Falastinni rasman tan olgan. AQSH esa 2024 yilda veto qo‘yib, uni BMTga a’zo sifatida kirishini to‘sgan edi.

Teglar

Mavzuga oid