add

Isroil Suriya prezidentiga qarshi maxfiy o‘yin qilmoqda

Kecha 23:183891 daqiqa

WP Isroil Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’aga qarshi druz guruhlari orqali yashirin siyosat olib borayotganini yozdi.

Isroil Suriya prezidentiga qarshi maxfiy o‘yin qilmoqda

Isroil Suriyaning amaldagi prezidenti Ahmad ash-Shar’a mavqeini zaiflashtirishga urinib, mamlakatdagi isyonchi kuchlarga yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda The Washington Post (WP) gazetasi Isroilning hozirgi va sobiq amaldorlariga tayanib, xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, Isroil harbiy kuchlari 2024 yil dekabrida, Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan atigi to‘qqiz kun o‘tgach, druz jangarilariga qurol-aslaha, jumladan 500 ta miltiq, o‘q-dorilar va zirhli nimchalar yetkazib bergan.

Nashrning ta’kidlashicha, Isroil Ash-Shar’aga uning o‘tmishini inobatga olib, katta shubha bilan qaraydi, chunki u taxminan o‘n yil avval «Al-Qoida» bilan rasman aloqador bo‘lgan qurolli guruhga rahbarlik qilgan.

WP ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning druzlarga qurol yetkazib berishi aprel oyida eng yuqori cho‘qqisiga yetgan. Avgust oyida ash-Shar’a bilan muzokaralar boshlanishi va Isroil amaldorlarida «Suriya druzlarining harbiy hamkorlar sifatidagi ishonchliligi hamda ularning maqsadlariga erishish imkoniyati borasida shubhalar» paydo bo‘lishi sababli qurol yetkazib berish to‘xtatilgan. Shunga qaramay, Isroil druzlarga o‘limga olib kelmaydigan harbiy anjomlar, xususan, zirhli nimchalar va dori-darmonlarni havo orqali yetkazib berishni davom ettirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid