
Isroil turk raketalari saqlanayotgan omborxonalarga hujum qildi
09.09.2025 | 20:4039912
Isroil Suriyaning turk raketalari saqlanayotgan omborxonalariga hujum qildi. Bu hujum «xalqaro huquqning ochiqdan-ochiq buzilishi» hisoblanadi.

Isroilning Suriyaga qarshi aviahujumlari Turkiyada ishlab chiqarilgan raketalar va havo mudofaasi tizimlari uchun mo‘ljallangan boshqa harbiy jihozlar saqlanadigan omborxonalarga qaratilgan. Bu haqda Saudiya Arabistonining Al Hadath telekanali Isroil xavfsizlik kuchlaridagi manbaga asoslanib xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya tomonidan yetkazib berilgan qurol-yarog‘ va texnika Damashq yaqinidagi Xoms shahri atrofida joylashgan Suriya havo mudofaasi tizimi ob’ektiga joylashtirilgan.
«Biz Suriyada, u qayerda joylashganidan qat’i nazar, Isroilga tahdid soluvchi har qanday nishonga zarba beramiz», - deya ta’kidlagan manba.
Shu bilan birga, u Tel-Aviv Anqara bilan to‘qnashuvdan qochishga harakat qilayotganini qayd etdi.
Suriya ommaviy axborot vositalariNing xabar qilishicha, Isroil harbiy kuchlari Xoms, Latakiya va Palmira hududlariga zarbalar bergan. Damashq ma’lumotlariga ko‘ra, bu hujum «xalqaro huquqning ochiqdan-ochiq buzilishi» hisoblanadi.
Isroil tomoni Xoms atrofidagi hujumlar faktini tasdiqladi.





