add

Isroillik ko‘chmanchilar o‘tgan oy Al-Aqso masjidiga 27 marta bostirib kirdi

Bugun 21:551561

Al-Aqso masjidi musulmonlar uchun dunyodagi uchinchi muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi.

Isroillik ko‘chmanchilar o‘tgan oy Al-Aqso masjidiga 27 marta bostirib kirdi

Bugun, 5 noyabr kuni e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oyda noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududiga 27 marta bostirib kirishgan.

Falastin vaqf va diniy ishlar vazirligi oylik hisobotida xabar berishicha, Isroil kuchlari va noqonuniy manzilgohchilar oktyabr oyida masjid hovlisiga bostirib kirib, Talmud marosimlari va raqslarini ijro etishgan hamda o‘simlik qurbonliklarini keltirishgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Isroil milliy xavfsizlik vaziri lavozimini egallagan o‘ta o‘ng qanot yetakchisi Itamar Ben-Gvir Al-Aqso masjidi majmuasiga 13 marta, jumladan, 2023 yil oktyabrda Isroilning G‘azoga qarshi urushi boshlanganidan beri 10 marta bostirib kirgan.

Al-Aqso masjidi musulmonlar uchun dunyodagi uchinchi muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi. Yahudiylar bu hududni Ma’bad tog‘i deb atashadi va bu yerda qadimgi davrda ikkita yahudiy ibodatxonasi bo‘lganini da’vo qilishadi.

Isroil 1967 yilgi arab-isroil urushi paytida Al-Aqso joylashgan Sharqiy Quddusni bosib olgan. U 1980 yilda butun shaharni o‘ziga qo‘shib olgan, ammo bu harakat xalqaro hamjamiyat tomonidan hech qachon tan olinmagan.

Teglar

Mavzuga oid

Isroillik ko‘chmanchilar o‘tgan oy Al-Aqso masjidiga 27 marta bostirib kirdi | Vaqt.uz