add

Issiq tufayli poyezdlarning tezligi sekinlashtiriladi: safar vaqtlari o‘zgarishi mumkin

16.06.2025 | 19:4046452

O‘zbekistondagi anomal issiqlik temir yo‘l harakatiga ta’sir qilmoqda — “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” poyezdlar tezligi cheklanishi va safar vaqti uzayishi mumkinligini ma’lum qildi.

Issiq tufayli poyezdlarning tezligi sekinlashtiriladi: safar vaqtlari o‘zgarishi mumkin
O‘zbekistonda kuzatilayotgan keskin issiq ob-havo tufayli yo‘lovchi poyezdlarining tezligi cheklanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha,, harorat ko‘tarilishi oqibatida yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishini inobatga olib, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Ta’kidlanishicha, harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayadi. Shuningdek, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Teglar

Mavzuga oid