add

Istanbulda jamoat transporti uchun 120 kmlik ajratilgan yo‘lak quriladi

25.07.2025 | 20:2039643

Istanbul shahar hokimiyati megapolisdagi jamoat transporti harakatini tezlashtirish maqsadida 120 kilometrli avtobus uchun ajratilgan yo‘llar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda. Loyihaning dastlabki pilot bosqichi 2025 yilda amalga oshiriladi.

Istanbulda jamoat transporti uchun 120 kmlik ajratilgan yo‘lak quriladi
Oksijen nashrining yozishicha, Istanbul shahar hokimining o‘rinbosari, dotsent doktor Pelin Alpko‘kin ushbu yirik loyiha haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, avtobus harakati uchun ajratilgan maxsus yo‘llar jamoat transportidagi kutish va safar davomiyligini kamaytiradi, shu bilan birga safar sifatini yaxshilaydi. Alpko‘kinning ma’lumotiga ko‘ra, umumiy uzunligi 120 kilometr bo‘lgan loyiha uchun hozircha 80 kilometrli birinchi yo‘nalish belgilangan va texnik ishlar boshlab yuborilgan. Ushbu yo‘llar avtobuslarga yo‘llardagi tirbandlik ta’siridan xoli tarzda tez va qulay harakatlanish imkonini yaratadi. Mutasaddilarning qayd etishicha, loyiha natijasida tig‘iz vaqtlarda bekatlarda yuzaga keladigan zichlikni ham ancha kamaytirish mumkin bo‘ladi. Bu esa shaharda transport harakati samaradorligini oshirishi kutilmoqda. Avtobus uchun ajratilgan yo‘laklar amalga oshirilgandan so‘ng, Istanbuldagi shinali transport vositalari orqali jamoat transporti yanada jozibador tus oladi. Shu bilan birga, shahar ichidagi harakatchanlikni yaxshilash va fuqarolarning transportdan foydalanish samaradorligini oshirishga hissa qo‘shadi.

Teglar

Mavzuga oid