add

Istanbulda o‘zbekistonlik ayolning boshsiz jasadi topildi: ikki gumondor ushlandi

25.01.2026 | 12:132 daqiqa

Istanbulning Shishli tumanida o‘zbekistonlik ayol jasadi topilishi ortidan tergov boshlandi. Guvohlarning ko‘rsatmalari o‘rganilmoqda.

Istanbulda o‘zbekistonlik ayolning boshsiz jasadi topildi: ikki gumondor ushlandi

24-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 20:00 lar artrofida Istanbul shahrining Shishli tumanida Quyuulibog‘ ko‘chasidagi chiqindi konteynerlaridan birida ayol kishining choyshabga o‘ralgan jasadi topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jasadni mahallada chiqindilarni saralab yuruvchi shaxs topgan. U darhol mash’um topilma haqida politsiyaga xabar bergan. Shundan so‘ng hudud o‘rab olinib, dalillarni yig‘ish ishlari olib borildi.

Ayolning boshi va kesib olingan oyoqlari solingan jomadon shu hududdagi boshqa chiqindixonadan topilgani aytilmoqda.

Holat bo‘yicha keng qamrovli tergov ishlari boshlab yuborilgan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 24-yanvar kuni kechqurun ro‘y bergan. Hududga politsiya va kriminalistika guruhlari jalb etildi, jasad sud-tibbiy ekspertizaga yuborildi.

Tergov jarayonida ayolning shaxsi aniqlanib, u 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Durdona Hakimova ekani ma’lum bo‘ldi. Rasmiylar hozircha voqea sabablari va gumonlanuvchilar haqida aniq xulosa bergani yo‘q. Ish bo‘yicha Istanbul prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Gumondorlar

Tergov materiallarida guvoh sifatida ko‘rsatma bergan mahalliy aholi vakillarining bayonotlari ham mavjud. Ular voqeadan oldin hudud atrofida shubhali harakatlarni ko‘rganini aytgan. Ayrim guvohlar ikki nafar erkak kishini ko‘rganini bildirgan.

Aeroport orqali Gurjistonga qochmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki gumondor ushlangani xabar berilmoqda.

turkiya shishli 1

Gumondorlar ushlangach, Razvedka boshqarmasi bilan o‘tkazilgan qo‘shma operatsiyalar asnosida qotillikni Durdona Hakimovaning sevgilisi bo‘lgan erkak sodir etgani ma’lum bo‘lgan. Uning do‘sti esa jasaddan qutilishda unga yordam bergan. Yuzlab videoyozuvlar o‘rganilgach, gumondondar Gurjistonga qochib o‘tish uchun aeroportga yo‘nalgani aniqlangan. Ular mamlakatni tark etishlariga 8 soat qolganida ushlangan.

Politsiya manbalariga ko‘ra, topilgan qo‘shimcha ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan. Tergov organlari voqea joyi yaqinidagi kuzatuv kameralari yozuvlarini ham o‘rganmoqda.

 

Tergov davom etmoqda

Rasmiylar ish jamoatchilik nazoratida ekanini ta’kidlab, barcha versiyalar ko‘rib chiqilayotganini bildirdi, tergov harakatlari davom etmoqda. Mahalliy hokimiyat hududda xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Prokuratura natijalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Avvalroq Turkiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik ayol otishmada halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid