add

«Iste’molchi murojaati» elektron tizimi ishga tushirildi

01.12.2025 | 11:294631 daqiqa

Iste’molchilar endi murojaatlarini onlayn yuborib, ularning ko‘rib chiqilishi va natijasini real vaqtda kuzatishi mumkin bo‘ladi.

«Iste’molchi murojaati» elektron tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda 1-dekabrdan «Iste’molchi murojaati» elektron tizimi joriy etildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Loyiha Prezidentning «O‘zbekiston–2030» strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi doirasida Raqobat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan. Yangi platforma iste’molchilarga o‘z murojaatlarini daqiqalar ichida onlayn yuborish, ularning qay tarzda ko‘rib chiqilayotganini kuzatish va yakuniy qaror bilan tanishish imkonini beradi.

Platformaga bir qator vazirlik va idoralar integratsiya qilingan. Iste’molchi murojaatlarini veb-sayt yoki mobil ilova orqali yuborganda, murojaat tadbirkorga yo‘naltiriladi va tadbirkor uni ko‘rib chiqib, iste’molchi bilan bog‘lanadi. Tadbirkor muammo ijobiy yoki salbiy hal qilinganligi natijasini tizimga yuboradi. Agar tadbirkor belgilangan tartibda javob bermasa, murojaat avtomatik ravishda tegishli vazirlik va idoralarga yuboriladi.

Tizim jismoniy va yuridik shaxslar uchun birdek mo‘ljallangan bo‘lib, murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonini shaffoflashtirishni maqsad qiladi. Murojaatlar maxsus «Fair tech» axborot tizimi orqali qabul qilinadi. Shuningdek, foydalanuvchilar «Play Market» va «App Store»dagi mobil ilovalar orqali ham murojaat yuborishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi restoran va kafelarni ogohlantirganligi haqida xabar berilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid