add

Italiya va Ispaniyada issiq bo‘yicha qizil xavf darajasi e’lon qilindi

29.06.2025 | 19:3020113

Janubiy Yevropada issiq to‘lqini kuchaymoqda, aholi ehtiyot bo‘lishga chaqirilmoqda.

Italiya va Ispaniyada issiq bo‘yicha qizil xavf darajasi e’lon qilindi
Italiya va Ispaniyada jaziramali ob-havo tufayli bir qator yirik shaharlarda qizil xavf darajasi joriy etildi. Jumladan, Italiyada Rim, Milan va Neapol kabi 17 ta shahar qamrab olingan. Mamlakatning Latsio, Toskana, Apuliya, Kalabriya va Umbriya mintaqalarida rasmiylar ish vaqtida vaqtincha tanaffus joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligi issiq havo ayniqsa yoshi kattalar va bolalar uchun xavfli ekanini ta’kidlamoqda. Rimdagi sayyohlar soya joylarda pana qilishga harakat qilmoqda, ko‘cha sotuvchilari esa sovuq ichimliklar bilan xizmat ko‘rsatmoqda. Ispaniyada ham AEMET — davlat meteorologiya xizmati joriy iyun oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oyga aylanishi mumkinligini bildirgan. Jumladan, mamlakat janubidagi Sevilya va boshqa shaharlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilgan. Mahalliy aholi va sayyohlarga kamroq jismoniy harakat qilish va ko‘proq suv ichish tavsiya qilinmoqda. Shu kabi issiq to‘lqinlar Gretsiya va Portugaliyada ham kuzatilmoqda. Mutaxassislar bu holat global iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq ekanini qayd etmoqda. Eslatib o‘tamiz, joriy yil 17–19 iyun kunlari O‘zbekistonda ham Janubiy havo oqimlari ta’sirida havo harorati 43–44 darajagacha ko‘tarilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Italiya va Ispaniyada issiq bo‘yicha qizil xavf darajasi e’lon qilindi | Vaqt.uz