add

Italiyada «inson ovi» jinoyati bo‘yicha tergov boshlandi

Bugun 15:453712

Bosniya urushi davrida sarevolik aholini pul evaziga otgan italiyaliklar ustidan Milan prokuraturasi 30 yil o‘tgach jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Italiyada «inson ovi» jinoyati bo‘yicha tergov boshlandi

Milan prokuraturasi Bosniya urushida sodir etilgan eng dahshatli jinoyatlardan biri bo‘yicha rasmiy tergov boshladi. Gap 1992–1996 yillarda Sarayevoda o‘tkazilgan, puldor sayyohlar uchun «inson ovi» deb atalgan fojeali hodisalar haqida ketmoqda, deb yozmoqda Turkiyaning patronlardunyasi.com nashri.

Tergovchilarga ko‘ra, ayrim italiyaliklar Serbiya militsiyasiga 70–88 ming funt atrofida pul to‘lab, shaharga «haftalik yalpi to‘pponcha safarisi»ga kelgan, tog‘lardagi pozitsiyalardan oddiy aholini nishonga olgan. Bolalarni o‘ldirish uchun alohida haq to‘langani haqidagi guvohliklar ishning jiddiyligini yanada oshirdi.

Bu faoliyat haqida birinchi jiddiy signal 2022 yilda sloveniyalik rejissyor Miran Zupanich suratga olgan «Sarajevo Safari» hujjatli filmida paydo bo‘lgan. Filmda sobiq jangchilar, mahalliy xavfsizlik xizmati xodimlari va qurbonlar qarindoshlari shafqatsiz safarlar haqida so‘zlab bergan. Ana shu materiallar milanlik jurnalist Esio Gavatsseni, sobiq sudya Gvido Salvini va Sarayevo sobiq meri Benyamina Karichni 17 betlik rasmiy ariza tayyorlashga undadi.

Tergovni boshlagan prokuror Alessandro Gobbi qo‘lida bir qator guvohlar bor. Ular orasida bosniyalik xavfsizlik xodimi va sloveniyalik rasmiy ham borligi aytilmoqda. Ayrim manbalar, hatto, 1993 yilda Italiya maxsus xizmati ushbu jinoyatlardan xabardor bo‘lgani va tegishli materiallar hali ham maxfiyligicha qolganini iddao qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «inson ovi»da 100 nafargacha sayyoh qatnashgan bo‘lishi mumkin. Ular Triyesteden Belgradga Aviogenex aviakompaniyasi orqali uchib kelgan, keyin esa Radovan Karajich qo‘shinlari tomonidan shahar atrofidagi tepaliklarga olib chiqilgan. Sarayevodagi mashhur «Sniper Alley» xududida tinch aholi «sport uchun nishon»ga aylantirilgan.

Bosniya tomoni tergovga to‘liq ko‘mak berishini bildirdi. Sarayevo konsulxonasi bu ish o‘tmish bilan hisob-kitob qilish uchun muhim qadam ekanini qayd etdi. 1992–1996 yillarda davom etgan Sarayevo qirg‘inida 10 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgani eslatib o‘tildi.

Teglar

Mavzuga oid

Italiyada «inson ovi» jinoyati bo‘yicha tergov boshlandi | Vaqt.uz