
Italiyada samolyot qulab, odamlar halok bo‘ldi
23.07.2025 | 19:1046632
Samolyotda bo‘lgan juftlik — 75 yoshli erkak va 60 yoshli ayol hodisa joyida vafot etgan.

Kecha, 22 iyul kuni yengil samolyot Italiyaning Lombardiya viloyati Breshia provinsiyasidagi Atstsano-Mella kommunasida halokatga uchradi. Bu haqda Italiya ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.
Corriere della Sera nashri yozishicha, samolyotning shossedagi harakat yo‘liga qulashi oqibatida katta portlash yuz bergan.
Qayd etilishicha, samolyotda bo‘lgan juftlik — 75 yoshli erkak va 60 yoshli ayol hodisa joyida vafot etgan. Samolyot boshqaruvni yo‘qotib, urilgan va yonib ketgan.
«Uchuvchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi», - deyiladi xabarda.
Hozirda Italiyaning fuqaro aviatsiyasi mutaxassislari halokatning aniq sabablarini o‘rganmoqda. Shosseda harakat vaqtincha to‘xtatilgan. Mahalliy hokimiyat barcha aviaparvozlarga xavfsizlik talablarini yanada kuchaytirishni ko‘rib chiqmoqda.





