add

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi

07.07.2025 | 10:207143

7, 8 va 9 iyul kunlari ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Imtihonlar uch smenada tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi 7-8-9 iyul kunlari o‘tkaziladigan kirish imtihonlari oldidan talabgorlar va ularning ota-onalari uchun muhim qoidalar va tavsiyalarni e’lon qildi. Talabgorlar imtihon boshlanishidan bir yarim soat avval tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va rasmiy ruxsatnoma bilan kelishlari shart. Hujjatlari to‘liq bo‘lmagan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi. Ota-onalardan farzandlarini imtihon o‘tkaziladigan manzilga o‘z vaqtida olib kelish va imtihon yakunlangach, shaxsan olib ketishlari so‘ralmoqda. Bundan tashqari, ota-onalarga issiq ob-havo sharoitida bolalarini yengil va qulay kiyimlarda tayyorlash tavsiya qilingan. Imtihonga kelishdan oldin farzandlarining to‘yimli va yengil ovqat bilan ovqatlanishiga e’tibor berish muhim. O‘ta yog‘li va hazm qilish qiyin bo‘lgan taomlardan saqlanish tavsiya etiladi, chunki bu bolalarning imtihon paytida o‘zini noqulay his qilishiga olib kelishi mumkin. Agentlik ota-onalar va talabgorlarga «yordam» taklif qilayotgan noma’lum shaxslarga ishonmaslikni qat’iy eslatdi. Bunday holatlar firibgarlik sifatida baholanadi va bunga aldanmaslik talab etildi. Imtihonlar uch smena bo‘yicha tashkil etiladi: birinchi smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 12:00 da va uchinchi smena soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha savollar uchun 1206 qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi | Vaqt.uz