add

Iyul oyida kam ta’minlangan oilalarga 340 mlrd so‘m yordam puli berildi

17.07.2025 | 17:4536002

Iyul oyida 621 ming oilaga bolalar nafakasi va moddiy yordam sifatida 340,9 mlrd so‘m to‘lab berildi.

Iyul oyida kam ta’minlangan oilalarga 340 mlrd so‘m yordam puli berildi

Kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam pullari moliyalashtirildi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi. Unga ko‘ra, 2025 yil iyul oyida 621,6 mingta kam ta’minlangan oilaga jami 340,9 mlrd so‘m ijtimoiy to‘lovlar moliyalashtirilgan.

Moliyalashtirilgan mablag‘ning 330,4 mlrd so‘mi 597,5 ming oilaga bolalar nafaqasi tariqasida; 10,5 mlrd so‘m esa 24,4 ming oilaga moddiy yordam sifatida ajratilgan.

To‘lovlarning 94,7 foizi — 589,5 ming oilaga bank kartalari orqali amalga oshirilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, nafaqani naqd pulda oluvchilar uchun to‘lovlar «Xalq banki»ning sayyor kassalari orqali 27 iyulgacha yetkazib beriladi.

Shuningdek, 2025 yilning birinchi yarmida 48,7 ming nafar fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlanganligi haqida xabar bergan edik.

Bundan tashqari, 2025 yil iyun oyida 32,2 ming fuqaroga 37,2 mlrd so‘m miqdorida bir martalik nafaqa to‘lab berilgan. Ularning 15,9 mlrd so‘mi yangi tug‘ilgan bolalar uchun «suyunchi» sifatida, 21,3 mlrd so‘mi esa dafn marosimi xarajatlari uchun ajratilgan.

Teglar

Mavzuga oid