add

Iyun oyida iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarida pasayish kuzatildi

01.07.2025 | 13:4029183

2025 yil iyun oyida O‘zbekistonda iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,2 foizga arzonlashdi. Bu so‘nggi yillarda kuzatilgan kamyob holatlardan biri hisoblanadi.

Iyun oyida iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarida pasayish kuzatildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning iyun oyida O‘zbekistonda iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,2 foizga pasaygan. Bu ko‘rsatkich oxirgi vaqtlarda inflyatsiya pasayishining muhim belgisi sifatida qayd etilmoqda. Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, yillik iste’mol narxlari indeksi 108,7 foizni tashkil etib, 2024 yil iyun oyiga nisbatan 1,9 foiz bandga kamaygan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 110,6 foiz bo‘lgan. Iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,1 foizga arzonlashgan. Shu bilan birga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga qimmatlashgani, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,8 foizga oshgani qayd etilgan. O‘rganishlar mamlakat bo‘ylab 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida amalga oshirilgan. Umumiy hisobda 170 mingga yaqin tovar va xizmatlar narxlari qayd etilgan. Bunda 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 turdagi xizmatlar qamrab olingan. Iste’mol narxlari pasayishi inflyatsiya bosimining biroz yumsharayotganini ko‘rsatmoqda. Shunday bo‘lsa-da, ayrim xizmatlar va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarida o‘sish tendensiyasi saqlanib qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid