
Izmirda yirik o‘rmon yong‘inlari nazoratga olinmadi
30.06.2025 | 11:4540953
Turkiyaning Izmir shahrida kuchli shamol tufayli Mandares tumanida boshlangan o‘rmon yong‘ini hali ham nazoratga olingani yo‘q. Bu haqda IHA agentligi xabar berdi.

Izmir viloyatining Mandares tumanidagi o‘rmon hududida boshlangan yong‘in shamol ta’sirida kengayishda davom etmoqda. Izmir o‘rmon boshqarmasi jamoalari havo va yer orqali yong‘inga qarshi faol kurash olib bormoqda. Ammo kuchli shamol va quruq ob-havo sababli yong‘inni nazoratga olish imkoni hozircha mavjud emas.
Izmir viloyati hokimi Suleyman Yelbanning ma’lum qilishicha, shamol tezligi 70 km/h dan 117 km/h gacha bo‘lgani uchun havo vositalarining ko‘p qismi ishga solinmagan. Faqat 12 tonna suv oladigan ikkita samolyot doimiy ravishda ishlamoqda.
Yerda esa 1 113 nafar xodim, 122 ta yong‘in o‘chiruvchi mashina, 74 ta suv tankeri va 84 ta ish mashinasi bilan faol ishlar olib borilmoqda. Tashkilotlar, jumladan, O‘rmon boshqarmasi, FVV, shifokorlar va mahalliy hokimiyat jamoalari birgalikda yong‘inni nazoratga olish uchun harakat qilmoqda.
Vaziyatning yomonlashishi sababli uchta qishloq aholisi evakuatsiya qilindi. Shuningdek, Katta hajmdagi ikki mahallada ham evakuatsiya ishlari boshlangan. Hokimning aytishicha, hozirda Gaziemir tumanida ham yong‘in bor. Urla va Cheshme tumanlaridagi yong‘inlar esa nazoratga olingan.
Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan va qurbonlar yo‘q. Faqat ba’zi aholilar tuman ta’sirida shifokorlarga murojaat qilgan, ularning holati xavfsiz. Jamoalar doimiy ravishda odamlarni xavfli hududlardan olib chiqishda davom etmoqda. Hokim Yelban yaqin vaqtlarda yerda olib borilayotgan kurash samara beradi, deb ishonmoqda.





