add

«Jahannamga qarab ketayapsizlar» — Tramp Yevropani ochiq chegaralar uchun qattiq tanqid qildi

24.09.2025 | 08:3038903

AQSH prezidenti Donald Tramp BMT minbaridan turib Yevropani keskin tanqid qildi va ochiq chegaralar siyosatini «halokatli eksperiment» deb atadi.

«Jahannamga qarab ketayapsizlar» — Tramp Yevropani ochiq chegaralar uchun qattiq tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp 23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlab, Yevropa Ittifoqining ochiq chegaralar siyosati va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash choralarini keskin tanqid qildi. «Ochiq chegaralar bilan bog‘liq barbod bo‘lgan eksperimentni to‘xtatish fursati yetdi. Mamlakatlaring jahannamga qarab ketmoqda», — dedi Tramp o‘z nutqida. Uning ta’kidlashicha, Yevropa hozirgi siyosatini davom ettirsa, madaniy va iqtisodiy inqirozdan qutula olmaydi. Trampning nutqida immigratsiya asosiy mavzulardan biri bo‘ldi. U Yevropa mamlakatlarini ko‘p sonli migrantlarni qabul qilish orqali o‘z madaniyati, iqtisodiyoti va qonuniyatlarini yo‘qotishda aybladi. Shu bilan birga, u o‘z ma’muriyati davrida AQSHda noqonuniy ommaviy immigratsiyani to‘xtatganini ta’kidladi. Donald Tramp o‘z nutqida xalqaro hamjamiyatni so‘z va din erkinligini himoya qilishga chaqirdi. U nasroniylikni ayni vaqtda eng ko‘p ta’qib qilinayotgan din deya ta’rifladi: «Hozir eng ko‘p himoyaga muhtoj din bu — nasroniylik», — dedi AQSH yetakchisi.

Teglar

Mavzuga oid

«Jahannamga qarab ketayapsizlar» — Tramp Yevropani ochiq chegaralar uchun qattiq tanqid qildi | Vaqt.uz